9 ta o'rnatma hozir ishlab turibdi
Sohangiz uchun tizim allaqachon ishlayapti. Uni ko'rsatamiz.
Biz bitta ERP yadrosini quramiz va uni har bir sohaga moslashtiramiz — savdo, restoran, dorixona, distribusiya, qurilish, ijara. Quyidagi ekranlar maket emas: bular hozir ishlayotgan tizimlardan olingan haqiqiy kadrlar.
Barcha sistemalardan — bitta moliyaviy manzara
Savdo, restoran, dorixona, qurilish, ombor va bankdan kelgan har bir hujjat YuksalAI yadrosida jamlanadi va real vaqtda moliyaviy dashboardga aylanadi.
Bitta yadro. Har bir soha uchun alohida qiyofa.
Har bir mijozga noldan tizim yozmaymiz. Bizda bitta puxta ERP yadrosi bor — buxgalteriya, ombor, savdo, xarid, kassa, ish haqi, shartnoma va analitika. Yangi soha kelganda biz shu yadroni forklaymiz va faqat o'sha sohaning hujjatlari, hisob-kitobi va ekranlarini qo'shamiz.
Shuning uchun sizga "bir yildan keyin tayyor bo'ladi" demaymiz — yadro allaqachon ishlayapti, siz uchun faqat farqni quramiz.
25
modul yadroda
Kassadan ish haqigacha, ombordan BI dashboardgacha — hammasi bitta bazada, bitta login ostida.
9
jonli o'rnatma
Har biri o'z domenida, o'z bazasida, o'z brendida ishlaydi. Mijozlar bir-birining ma'lumotini ko'rmaydi.
10
filial bitta tizimda
Dorixona tarmog'idagi joriy o'rnatma: 10 filial, 6 000+ nomenklatura, kunlik avtomatik sinxronizatsiya.
100%
o'zbek tilida
Tarjima qilingan interfeys emas — dastlab o'zbekcha yozilgan. Xodim o'rgatishga hafta ketmaydi.
Sizning biznesingiz qaysi qatorda?
Har bir yo'nalish uchun quyida ishlayotgan tizimning haqiqiy ekranlari. Ma'lumotlar demo uchun almashtirilgan, lekin tizim va hisob-kitoblar o'zi.
Nomimizdagi AI qayerda ishlaydi
So‘rovdan javobgacha
Yordamchi tizimda nima qila oladi
Cho‘ntagingizdagi ERP
Telegram orqali ham
Yadroda nima bor
Bu ro'yxat — barcha yo'nalishlar uchun umumiy poydevor. Sizning sohangizga xos modullar shu ustiga qo'shiladi.
| Modul | Nima qiladi |
|---|
Nega bizni tanlashadi
Har bir band ortida ishlayotgan o'rnatma turibdi — va'da emas.
Demodan ishga tushirishgacha
Katta shartnomadan boshlamaymiz. Avval sizning haqiqiy ma'lumotingizda kichik pilot qilamiz — ishlasa davom etamiz.
Ko'p so'raladigan savollar
To'g'ridan-to'g'ri javob beramiz — shartnomadan keyin syurpriz bo'lmasligi uchun.
Sohangizni ayting — 20 daqiqada tizimni ko'rsatamiz
Demo qo'ng'iroqda biz sizning sohangizdagi ishlayotgan o'rnatmani ochamiz, siz o'z jarayoningizni ko'rsatasiz — va nima moslashtirish kerakligini birga aniqlaymiz. Prezentatsiya emas, ekran.